Oxirgi yangilanish: 2025-yil

Foydalanuvchi Shartnomasi

OsonPDF platformasidan foydalanish shartlari va maxfiylik qoidalari. Sayt yoki Telegram WebAppdan foydalanishni boshlashdan oldin ushbu shartlar bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz.

1. Umumiy Qoidalar2. Xizmatlar va To'lovni Qaytarib Bermaslik Sharti3. Maxfiylik Siyosati4. Bog'lanish
Ushbu shartnoma raqamli xizmatlardan OsonPDF foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi. Foydalanishni davom ettirish orqali siz quyidagi shartlarga to'liq rozi ekanligingizni bildirasiz.

1. Umumiy Qoidalar

1.1.Ushbu platforma foydalanuvchilarga fayllarni konvertatsiya qilish (PDF to Word, Word to PDF), PDF birlashtirish hamda sun'iy intellekt yordamida esse, referat, kurs ishlari va taqdimotlar yaratish xizmatlarini taqdim etadi.
1.2.Platforma xizmatlaridan foydalanish O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo'lmagan maqsadlarda amalga oshirilishi shart.
1.3.Ma'muriyat foydalanuvchiga oldindan ogohlantirmasdan ushbu shartnomaga istalgan vaqtda o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.

2. Xizmatlar va To'lovni Qaytarib Bermaslik Sharti

No Refund Policy
2.1.Botdagi xizmatlar pullik bo'lishi mumkin. Xizmatlarning narxlari va to'lov shartlari Tariflar sahifasida e'lon qilinadi.
2.2.Foydalanuvchi hisobini to'ldirish Click, Payme yoki boshqa to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
2.3.QAT'IY SHART: Xaridlarni amalga oshirish va balansni to'ldirish mutlaqo ixtiyoriydir. Tizim orqali qilingan hech qanday to'lovlar va mablag'lar orqaga qaytarilmaydi (No Refund Policy). Balansni to'ldirishdan oldin bepul limitlar orqali xizmat sifatini tekshirib ko'rishingiz tavsiya etiladi.

3. Maxfiylik Siyosati

Privacy Policy
3.1.Qanday ma'lumotlar yig'iladi: Biz faqat xizmat ko'rsatish uchun minimal zarur bo'lgan ma'lumotlarni (Telegram ID, ismingiz, til sozlamalaringiz va balans to'ldirish tarixi) saqlaymiz.
3.2.Ma'lumotlar xavfsizligi: Karta ma'lumotlari bizning tizimda aslo saqlanmaydi. Barcha moliya operatsiyalari litsenziyaga ega, rasmiy va xavfsiz to'lov shlyuzlari (Click/Payme) orqali amalga oshiriladi.
3.3.Ma'lumotlarni ulashish: Foydalanuvchilar haqidagi shaxsiy ma'lumotlar hech qanday reklama agentliklariga yoki uchinchi shaxslarga tijorat maqsadida sotilmaydi (qonunchilikda ijro organlari tomonidan rasman so'ralgan hollar bundan mustasno).

4. Bog'lanish

4.1.Agar sizda platforma xizmatlari yoki hisob bo'yicha e'tiroz yuzaga kelsa, iltimos, saytning footer qismidagi yordam emaili yoki botimizdagi support yordamida murojaat qiling.

Savollar yoki muammolar bormi?

Telegram botimizni yoki qo'llab-quvvatlash xizmatimizni aloqaga oling.

Bog'lanish

© 2025 OsonPDF. Barcha huquqlar himoyalangan.